Bugungi O‘zbekiston MTJ Rossiyani mag‘lub eta oladi – Fayzullayev

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA klubi vingeri Abbos Fayzullayevning fikricha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasini mag‘lub eta oladi. Bu haqda “Sport24.ru” nashri xabar berdi.

“Rossiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega. Men o‘zim terma jamoaning bir nechta o‘yinlarini kuzatdim. “Monako”da to‘p tepuvchi Golovin kabi futbolchisi bor. Rossiya agar xalqaro maydonga qaytarilsa, kuchli o‘yin namoyish eta oladi. Ammo agar Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘yin tashkil etilsa, O‘zbekiston g‘alaba qozonadi”, deydi Fayzullayev.

Ma’lumot o‘rnida, Fayzullayev joriy mavsum SSKA safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Milliy terma jamoada esa 2023 yildan beri to‘p tepib kelmoqda va 23 ta o‘yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi TsSKA Abbos Fayzullaev Rossiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing