O‘zbekistonlik futbolchilarning Eronga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
25 mart
1244825 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tgan Eron-O‘zbekiston o‘yinida Abbos Fayzullayev O‘zbekiston safida eng yuqori ball oldi va u 7.8 ballga loyiq ko‘rildi. Bu haqda “Sofascore” nashri xabar berdi.
Ushbu o‘yinda O‘zbekiston safida eng past ballga himoyachi Abduqodir Husanov loyiq ko‘rildi va u 6.5 ball oldi.
Tehronda bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston Eron mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Shu tariqa, Eron ochkolar sonini 20 taga yetkazib oldi va muddatidan avval mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa ochkolarini 17 taga yetkazib 2-o‘rinda qoldi va yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun imkoniyatini saqlab qoldi.
LiveBarchasi