Sirdaryoda noqonuniy mayning fermalar aniqlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida noqonuniy mayning fermalar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olib, yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalangani aniqlangan. Buning oqibatida davlatga qariyb 532 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgan. Tekshiruv davomida 19 dona mayning qurilmasi hamda boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Shunga o‘xshash yana bir holatda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Guliston shahrida joylashgan va o‘zining otasiga tegishli bo‘lgan MCHJ binosida mayning qurilmalarini o‘rnatgan holda joriy yilning fevral oyidan buyon 40 ming AQSH dollariga teng kriptovalyuta ishlab chiqarganligi ma’lum bo‘lgan. 

Tekshiruv davomida u mayning sohasida faoliyat amalga oshirganda foydalaniladigan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lamasdan, davlatga 134 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlangan hamda 148 dona mayning qurilmasi protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

DXX mayning ferma

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing