Sirdaryoda mudhish YTH: haydovchi mashinada yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 19 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida yuk va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasida bir kishi ayanchli halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH kecha soat 14:25 larda tuman hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida sodir bo‘lgan. A.N. boshqaruvidagi Nexia rusumli hamda haydovchi, N.Q. boshqaruvidagi “Zil-MMZ 554” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia’da yong‘in chiqqan.

To‘qnashuv va yong‘in oqibatida Nexia haydovchisi A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in YIH

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing