Sirdaryoda qalbaki 150 ming dollarni sotishga uringan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida 27 yoshli shaxs qalbaki 150 ming dollarni 30 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro qalbaki 150 ming AQSH dollarini shartli xaridorga haqiqiy 30 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining 2024 yilning dekabr oyidagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik) va 176-(qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo o‘tayotgan shaxs hisoblanadi. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida u Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olgani aniqlangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.  Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham qalbaki 315,5 mln so‘m va 120 ming dollarni muomalaga chiqarish uchun saqlab kelayotgan 22 yoshli shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo qalbaki dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing