Sirdaryoda Isuzu bilan to‘qnashgan Damas sochilib ketdi

3-sahifa

image

Sirdaryoda Damas rusumli avtomashina Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea kecha, 24 may kuni soat 02:20 larda Mirzaobod tumani Dehqonobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 21,6 kilometrida sodir bo‘lgan. “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Damas rusumli transport vositasi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. Ushbu avtohalokat oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing