Sirdaryoda II organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ochildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning buyrug‘iga banoan Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni samarali tashkil etish maqsadida Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda. 

Shuningdek, 124 ming nafar aholi istiqomat qilayotgan mazkur tumanda, 38 ta mahalla mavjudligi inobatga olingan holda aholining xavfsizligini ta’minlash, ularning ichki ishlar tizimi bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha ortiqcha sarsongarchiliklarni oldini olish, shuningdek tumandagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tarkibida 3 ta ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 Unga ko‘ra, tumandagi “Ulug‘bek”, “Baxmal”, “Kamolot”, “Hikmatli”, “Taraqqiyot”, “Do‘stlik”, “Adolat” va “Bunyodkor” mahallalari 1-sonli Ichki ishlar bo‘limi, “Tinchlik”, “Ishonch”, “Yangiobod”, “Dexqonobod”, “Istiqbol”, “Turkiston”, “Orzu”, “Axillik”, “Tadbirkor”, “Navoiy” va “Xazina” mahallalari 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi hamda “Zarshunos”, “Farovon”, “Furqat”, “Quyosh”, “Elobod”, “Intilish”, “Ilg‘or”, “Oq yo‘l”, “Navro‘z”, “Sholikor”, “Shirin”, “Beshbuloq”, “Ziyokor”, “Matonat”, “Islomobod”, “Bahor”, “Yoshlik”, “Navro‘z” va “Paxtakor” mahallalari 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi ma’muriy hududlariga kiritildi. Endilikda yuqorida qayd etilgan mahallalardagi fuqarolar o‘z hududlaridagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing