Sirdaryoda “GAI” 3 yil avval vafot etgan odamga jarima yozdi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
12992Kecha, 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda vafot etganiga 3 yildan oshgan odamga jarima belgilangani haqida xabar tarqaldi. IIV YHXBb mazkur xabarlar rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda Mirzaobod tumani IIB YHXB ma’muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro vafot etganligiga qaramasdan unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgani aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi