Sirdaryoda erkak xolasi va jiyanini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yubordi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 1 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida erkak o‘zi bilan bir uyda yashab kelgan qarindoshlari bo‘lgan ona va bolani vahshiylarcha o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Boyovut tumani IIB navbatchilik qismining soat 05:00 larda bergan xabariga ko‘ra, 1 iyun kuni soat 03:30 larda Boyovut tumani, “Sarmich” MFY, Fitrat ko‘chasi, 23-uyda yashovchi 10.10.1991 yilda tug‘ilgan fuqaro H.I. o‘zi bilan birga yashab kelgan 10.05.1993 yilda tug‘ilgan xolasini o‘g‘li (bo‘lasi) fuqaro Ch.N. bilan uy-joy nizosi bo‘yicha bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik negizida janjallashib qolib, uni bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, fuqaro H.I. o‘zining jinoyatini qasddan yashirish maqsadida xonadon ichkarisida uxlab yotgan xolasi 14.09.1958 yilda tug‘ilgan fuqaro T.O.ni ham qasddan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra murdalarni xonadon molxonasiga olib kirib, ustilariga ko‘rpa-to‘shaklar va somon tashlab yoqib yuborgan.

Marhum Ch.N. va T.Q.ning o‘limi holati yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuazsidan 1 iyun kuni Boyovut tumani prokurori tomonidan fuqaro H.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing