Sirdaryoda ekstremistik guruhning 20 nafar a’zosi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
17 iyun 2021
11331Kecha, 16 iyun kuni Sirdaryo viloyatida Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Guruh a’zolari Internetning Telegram messenjerida virtual kanal tashkil qilib, u orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarini targ‘ib qiluvchi audio va videomateriallarni tarqatib kelganlar.
Huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangiyer shaharlarida yashovchi 20 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr