Sirdaryoda davlatga 62 mlrddan ziyod zarar yetkazgan metan “zapravka” aniqlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda metan “zapravka” 62 mlrd 488 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan DXX va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Xususan, Boyovut tumanida joylashgan “B.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin yer ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yo‘naltirilgan holda undan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln so‘mni tashkil etyapti.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo metan “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing