Sirdaryoda bankomatdan pul o‘g‘irlagan talabalar qamaldi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida universitetning bitiruvchi bosqich talabalari bankomatdan 177 million so‘mni o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilik Mirzaobod tumanida sodir bo‘lgan. Ikki nafar talaba yigit o‘zaro til biriktirib, tungi vaqtda bankomatdagi pullarni o‘g‘irlashni reja qilgan. Ular kameraga tushib qolmaslik uchun yuzlarini futbolka bilan berkitib, qo‘llariga qo‘lqop kiyib olgan. Talabalar tegishli asboblar bilan qurollangan holda bankomatni buzib, ichidagi 177 million so‘m pullarni o‘g‘irlayotgan vaqtda tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, 2 nafar talaba yigit Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida bankomatdan pul o‘g‘irlagan 34 yoshli erkak qo‘lga olingandi. Tezkor guruh xodimlari bankomat muhri buzilgani hamda seyf eshiklari ochiq holatda ekanini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Sirdaryo viloyati talabalar Mirzaobod tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing