Sirdaryoda ayol ikki bolasini kanalga oqizmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarga rasmiy izoh berildi

Jamiyat 18213

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ona o‘z farzandlarini daryoga tashlamoqchi bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Videoda ayol bolalarini ham, o‘zini ham suvga tashlamoqchi bo‘lganini aytgan.

Voqea Sirdaryo viloyati Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi hamda "Farhod" mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, videotasvirda keltirilgan ona A.R. va uning farzandlari Toshkent viloyati Bekobod tumani "Turkman" MFYda doimiy yashab keladi. Videodagi holat 2020 yil 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

O‘rganishlar natijasida, ona o‘z turmush o‘rtog‘i E.Sh. boshqa bir ayol bilan ba’zi-ba’zida telefon orqali so‘zlashayotganligini bilib uni rashk qiladi. Ayol achchiq ustida Toshkent viloyati Bekobod tumanidan Sirdaryo viloyati Shirin shahar "Farhod" MFY ga o‘tadigan "Do‘stlik" kanali ko‘prigining Bekobod tumani qismidan o‘z farzandlarini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtida Shirin shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolinadi va kanalning ikkinchi qismi – Shirin shahar "Farhod" MFY hududiga olib o‘tiladi.

Shirin shahar IIB hamda "Farhod" MFY xodimlarining surishtiruvlari natijasida aniqlanishicha, 1985 yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan ayol (ona) A.R va uning turmush o‘rtog‘i E.Sh. o‘rtasida rashk tufayli hech qanday oilaviy mojarolar va janjallar bo‘lmagan.

Bo‘lib o‘tgan mazkur voqea Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida bo‘lganligi hamda voqea ishtirokchilari ham Bekobod tumanida doimiy yashab kelayotganligi sababli bugungi kunda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Bekobod tumani IIB hamda "Turkman" MFY xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Mazkur voqea Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida va ushbu tuman fuqarolari ishtirokida bo‘lganligini inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea "Sirdaryo viloyati Shirin shahrida bo‘lgan" deya tarqatilgan noto‘g‘ri xabarlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi faol blogerlar hamda kuzatuvchilardan tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri axborot tarqatmaslikni va bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 689
Reyting: 3
Teglar
t
×