Sirdaryoda 3 kishi gazdan zaharlandi. Qurbon bor
3-sahifa
−
27 iyun
4345“Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 iyun kuni soat 10:00 da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasosining stansiyasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur ob’ektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani haqida xabar berilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ularning biri H.I. vafot etgan va qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarga ko‘ra, ularning ahvoli o‘ta og‘ir darajada.
“Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “O‘zsuvta’minot” AJ jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi