Sirdaryoda 21 yoshli yigit qahramonlik ko‘rsatdi (video)

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 21 yoshli yigit cho‘kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Saidislombek Abdulqosimzoda ismli yigit shahar markazidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida ona va bolaning cho‘kayotganini ko‘rib qolib, ularga yordam berishga oshiqqan.

"Kanal atrofiga yugurgani chiqaman, imtihonga tayorlanaman. Cho‘kayotganlarni ko‘rgan zahoti xayolimda faqat tezroq ko‘maklashish bo‘ldi. O‘zim ham cho‘kishimga oz qoldi", deydi yigit.

Sa’y-harakatlar natijasida u ona-bolani suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Qahramonlik ko‘rsatgan yigit shahar faollari nomidan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qolgandi. Samarqandda esa 4 nafar yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizaloqning hayotini saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing