Hukumat qaroridan norozi bo‘lgan haydovchilar masalasi hal qilindi

Jamiyat

image

Sirdaryoda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yo‘lovchi tashish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi qaroriga nisbatan norozilik bildira boshlagandi.

Haydovchilar e’tirozi Hukumatning “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 424-son qaroriga nisbatan kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanganligi belgilangan. 

Yuqoridagi qarorning qabul qilinishi ortidan ayrim transport uyushmalari va ularga a’zo haydovchilar o‘rtasida endi foydalanish muddati 15 yildan oshgan mikroavtobuslarga ham litsenziya berish to‘xtatiladi degan noto‘g‘ri fikr yuzaga kelgan. Ana shunday holat Sirdaryo viloyatida kuzatildi. 

Viloyat transport boshqarmasi rahbariyati tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyati transport uyushmalari rahbarlariga to‘liq tushuntirilmaganligi qolaversa, litsenziya berish jarayonida ortiqcha sansolarlikka yo‘l qo‘yilishi mikroavtobus haydovchilarining haqli e’tirozlarini keltirib chiqardi. Ushbu holat yuzasidan Transport vazirligining maxsus ishchi guruhi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan uyushma rahbarlari va haydovchilar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida ishtirokchilarga qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Haydovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ular litsenziya varaqalari olish uchun o‘zi a’zo bo‘lgan uyushmalar orqali hududiy transport boshqarmasiga belgilangan tartibda ariza bilan murojaat etmagani oydinlashdi. Ularga litsenziya olish tartibi yana bir bor tushuntirildi.

19 oktyabr kuni maxsus ishchi guruhining sayyor qabuli davomida transport ushyumalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida ularga litsenziya varaqalari to‘liq ravishda berilganligi ma’lum bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo haydovchi

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing