DXX hokim o‘rinbosarini pora bilan qo‘lga oldi
3-sahifa
−
18 iyul 2022
15569Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari 400 AQSH dollari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oqoltin tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri o‘z xizmat xonasida mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) ish yurituvchisidan 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MCHJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda “qora ro‘yxat”ga kiritish bilan qo‘rqitib, agarda 500 dollar bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln so‘m olgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzah shahar hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot v kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi 2 ming dollar pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi