Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jizzah shahar hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot v kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, u aslida, Jizzax moliyaviy tizimining shaffofligi va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘la turib, tadbirkorga shahardagi mjtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini olib berrish evaziga undan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Hokim o‘rinbosari joriy yilning 6 may kuni kechki soat 20:00 larda Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasi hududida 2 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni o‘zi boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomobil yukxonasiga tashlab qo‘ygan holda olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 2018 yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, qariyb 20 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgandi.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Akrom Rahmonqulov 2018 yilda viloyat hokimi o‘rinbosari etib tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, milliardlab byudjet mablag‘larini talon-toroj qilib kelgan. Shu maqsadda viloyatda qurilish sohasi rahbarligiga hamda viloyat tender komissiyasiga tanish-bilishlarini “qo‘yib”, ular orqali o‘zining g‘arazli maqsadlariga sharoit yaratgan.

Ma’lumot uchun, Jizzax viloyatida qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish komissiyasi raisi Akrom Rahmonqulovga, shuningdek, komissiya va boshqa tashkilotlar, xususiy korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi va 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Rahmonqulovning korrupsion qilmishlariga munosabat bildirib, uni hozirgi siyosatga xiyonat qilganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing