Sirdaryoda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
28 may 2023 6199 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida avtobusdan yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 27 may kuni soat 17:45 da Mirzaobod tumani hududidagi Guliston-Gagarin yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan ISUZU rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Yuz bergan yong‘indan avtobusning dvigatel va salon qismi yongan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:52 da yetib borib, yong‘in soat 18:02 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.
Yong‘inga avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtobus yonib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025