Sirdaryo tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
29 yanvar 2021
10166Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i xizmat xonasida pora olayotgan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Mirzaobod tuman arxitektura bo‘limi sobiq mutaxassisi Z.J. fuqaro F.T.ga 12 sotix yer maydoni ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va uning yordamchi xo‘jaligi binosi loyiha hujjatlarini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i orqali tayyorlab berish evaziga undan 1 200 AQSH dollari talab qilgan.
Kelishilgan puldan 2,1 mln so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, Z.J.ning ko‘rsatuvlariga asosan davom ettirilgan. Tadbirda, Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i X.K. fuqaro F.T.ga 12 sotix yer maydoni ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va uning yordamchi xo‘jaligi binosi loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollarini xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaro Z.J.ga nisbatan 212-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi