Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatidagi qator tumanlarda yangi IIB boshliqlari tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatidagi qator tumanlar Ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar ish boshladi. 

Podpolkovnik Azizbek Jo‘rayevich Rajabov Buxoro viloyati Kogon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azizbek Rajabov Buxoro viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Zahiriddin Sadriddinovich Sobirov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Zahiriddin Sobirov Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akmal Ne’matovich Xolmatov Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Akmal Xolmatov Sirdaryo viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Iqboljon Abdubannobovich Xamroqulov Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Iqboljon Xamrokulov Farg‘ona viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik G‘ulom Masharifovich Sharipov Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘ulom Sharipov Xorazm viloyati Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Batir Narimbayevich Otajanov Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Batir Otajanov Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

342

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing