Sirdaryo DSB bo‘lim boshlig‘i 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

DXX va departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan “O.” MCHJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 mln so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga korxona hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya’ni 11,5 mln so‘m talab qilib, 1 000 AQSH dollari va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq korruptsiya Sirdaryo

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing