Sirdaryo hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
07 aprel 2023
8867Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Rahimjon Boboyev Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2022 yil noyabr oyi oxirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Akmal Mahmudaliyev zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Viloyatning avvalgi hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.