Sinner tarixiy natija qayd etdi

Sport

−

image

Kecha, 17 may kuni tennis bo‘yicha ATP tasnifiga kiruvchi “Rim Masters” turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Yannik Sinner g‘olib chiqib, tennis tarixida ketma-ket oltita Masters turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘yinchiga aylandi.

ATP reytingi peshqadami bo‘lgan italiyalik tennischi Yannik Sinner finalda Kasper Ruudni 6/4, 6/4 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bungacha Yannik Sinner Parijdagi 2025 yilgi Masters turniri, shuningdek 2026 yildagi Indian-Uells, Mayami, Monte-Karlo va Madrid turnirlarida ham g‘olib chiqqan edi.

Qayd etish joiz, bu italiyalik tennischining joriy mavsumdagi beshinchi chempionligi bo‘ldi. Rimdagi g‘alaba orqali Sinner yana bir tarixiy natijaga erishdi. U Rojer Federerning natijasini takrorlab, 25 yoshga to‘lmasidan avval Masters turnirlaridagi 10-sovrinini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing