Sinner tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Kecha, 3 may kuni erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner “Madrid Masters” turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Sinner tennis tarixida ketma-ket beshta ATP Masters turnirida g‘alaba qozongan ilk tennischiga aylandi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida 24 yoshlik Sinner germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi. Aslida Zverev jahon reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi, biroq Karlos Alkarasning musobaqadan chiqib ketgani sababli Madrid turnirida ikkinchi raqam ostida ishtirok etdi.

Final bahsi ikki setda yakunlandi. Sinner raqibini 6/1, 6/2 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv atigi 58 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, 24 yoshli italiyalik tennischi faoliyatida ilk bor Madrid turnirida g‘olib chiqdi va jahon reytingidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. Zverev esa uchinchi o‘rindagi pozitsiyasini saqlab qoldi.

Shuningdek, Sinner tennis tarixida ketma-ket beshta ATP Masters turnirida g‘alaba qozongan ilk tennischiga aylandi. U 2026 yilda Indian-Uells, Mayami, Monte-Karlo va Madridda zafar quchdi. Bundan tashqari, u o‘tgan mavsum yakunidagi Parij musobaqasida ham g‘olib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, bungacha serbiyalik Novak Jokovich va ispaniyalik Rafael Nadal ketma-ket to‘rttadan Masters turnirida g‘alaba qozonishga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Zverev Yannik Sinner “Madrid Masters”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing