Singapurda koronavirusga qarshi immuniteti bor chaqaloq dunyoga keldi
Olam
−
29 noyabr 2020
8590Homiladorlik davrida koronavirusga chalingan va undan sog‘aygan singapurlik ayol COVID-19 ga qarshi immunitetga ega o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Straits Times” gazetasi yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Selin Ng-Chen homilador bo‘lgan vaqtining 10-haftasida shifokorlar unda koronavirus aniqlashgan. Unga yuqqan infeksiya yengil darajada edi va shu sabab u 2,5 haftadan so‘ng u kasalxonadan chiqdi.
Ng-Chen noyabr oyida o‘g‘illik bo‘ldi va unga Oldrin deya ism berdi. Shifokorlar chaqaloqda koronavirusning alomatlarini aniqlashmadi.
"Bizga qaragan pediatrning aytishicha, menda COVID-19 antitanchalari yo‘q bo‘lib ketgan, ammo Oldrinda ular mavjud. Shifokorim homiladorlik paytida unga antitanachalarim o‘tgan, deb hisoblaydi”, dedi ayol.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga 58 213 kishi chalindi. 58 119 bemor sog‘aygan bo‘lsa, 29 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi