Singapurda koronavirus sabab fuqarolarga 1 100 dollardan tarqatiladigan bo‘ldi

Olam

image

Singapur hukumati 21 yoshdan oshgan har bir fuqaroga 1 600 singapur dollaridan (1 100 AQSH) berib chiqadi. Bu koronavirus vaqtida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Xen Svi Kit ma’lum qildi.

"Hamjihatlik byudjeti" deb nomlangan uchinchi moliyaviy yordam paketi shu oyda 600 Singapur dollari miqdorida bir martalik to‘lovni ko‘zda tutadi. Vazirning aniqlik kiritishicha, avvalgi ijtimoiy to‘lovlarni hisobga olgan holda, har bir fuqaro bu yil 1,6 ming singapur dollaridan oladi".

Bosh vazir Li Syan Lun 3 aprel kuni virus tarqalishi tufayli qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatilganini e’lon qildi. Jumladan, 7 apreldan shahar-davlatda deyarli bir oy mobaynida oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, jamoat transportidan tashqari,  barcha yirik ob’ektlar yopildi. Maktab va universitetlardagi darslar to‘xtatildi. Li Syan Lun zarurat bo‘lmasa, uylarni tark etmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hali ham tavsiya, ammo vaziyat yaxshilanmasa, hukumat chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga tayyor.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga 1 309 nafar odam chalindi. 320 bemor shifo topgan bo‘lsa, 6 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing