Singapurda karantin qoidalarini mensimagan shaxsga o‘zgacha jazo berildi
Olam
−
29 mart 2020
26056Singapur hukumati birinchi marta mahalliy aholi vakilini fuqarolikdan mahrum qildi. Ushbu jazoga loyiq ko‘rilgan erkak karantin qoidasini qo‘pol ravishda buzgan. Bu haqda bugun, 29 mart kuni Respublikaning immigratsiya va nazorat idorasi xabar bermoqda.
“53 yashar Go Ilya Viktor Singapurga 19 mart kuni Indoneziyadan kelgan. Unga 14 kun davomida uy sharoitida karantinda bo‘lish topshirilgan edi. Ammo shunga qaramay, u mamlakatni yana tark etib, Indoneziyaning Batam oroliga borgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, u Singapurga qaytgach, yana bir bor ogohlantiriladi. Biroq bu choralarga jiddiy qaramagan Go Ilya Viktor 24 mart kuni yana mamlakatdan chiqib ketadi.
Boshqarmada ma’lum qilinishicha, unga nisbatan “qasddan qilingan qonunbuzarlikning jiddiyligini hisobga olib, fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”. deb ta’kidladi.
Qonunbuzarga nisbatan yana boshqa jazolar qo‘llanilgani haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Singapurda karantin qoidalarini buzganlarga 10 000 singapur dollari (7000 AQSH dollari) jarima va/yoki 6 oygacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda AQSHda koronavirusga 802 nafar odam chalindi. 23 bemor shifo topgan bo‘lsa, 16 kishi vafot etdi.