Sindzo Abe iste’fosini e’lon qilgandan keyin ilk bor shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi
Olam
−
12 Sentabr 2020
4857Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 12 sentyabr kuni Tokioning markaziy hududlaridan biridagi shifoxonaga tashrif buyurdi. Hukumat rahbari sog‘lig‘i yomonlashgani sabab lavozimidan ketish niyatida bo‘lganidan beri birinchi marta tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Ta’kidlanishicha, Yaponiya Bosh vaziri ushbu tibbiyot muassasasiga oxirgi bor 17 va 24 avgust kunlari tashrif buyurgan.
Hukumat rahbari 28 avgust kuni sog‘lig‘i yomonlashgani sabab lavozimidan ketish niyatidaligini bildirgandi. O‘shandan buyon u birinchi bor tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Iste’foga chiqish istagini e’lon qilgandan so‘ng, Abe Liberal Demokratik Partiya (LDP) va Komeyto partiyasining hukmron koalitsiyasiga vaqtinchalik Bosh vazir tayinlamasligini, ammo LDP uning o‘rniga yangi nomzodni taqdim qilgunga qadar o‘z lavozimida qolishni rejalashtirganini ma’lum qildi. LDP raisini saylash 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi va 16 sentyabrda parlament favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi va unda yangi Bosh vazirni tasdiqlaydi.
Abe 2000 yillarning boshidan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbariyatining a’zosi sifatida maydonga chiqdi. 2006 yil sentyabrdan 2007 yil sentyabrgacha partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatidan so‘ng Hukumatni boshqargan va 52 yoshida Yaponiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir bo‘lgan. Biroq, Vazirlar Mahkamasi obro‘sining tez pasayishi fonida Abe tayinlanganidan bir yil o‘tib, 2007 yilda iste’foga chiqqan. O‘shanda ham uning iste’fosi salomatligi yomonlashishi bilan bog‘langan.
2012 yilda Abe Liberal-demokratik partiyaning etakchisiga aylandi va yana saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Uning sakkiz yillik Bosh vazirligi Yaponiya uchun rekord darajadagi davrdir.
Abening iste’foga chiqishi nafaqat sog‘liq muammolari bilan, balki uning Hukumati reytingi keskin pasayishi bilan ham bog‘lanmoqda. Joriy yilning 23 avgust kuni “Kyodo” axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, uning Hukumatini ma’qullash darajasi 36% gacha tushgan. Bu Abening ikkinchi muddatda Hukumat boshqaruvini egallaganidan bayon eng past ko‘rsatkich.Respondentlarning 58,4%i Hukumatning pandemiya bilan bog‘liq harakatlaridan norozi ekanini bildirgan. 70,8% Abe epidemiyani oldini olish choralarini muhokama qilish uchun muxolifat partiyalari talabiga binoan parlamentning favqulodda sessiyasini imkon qadar tezroq chaqirishi kerak deb hisoblagan.
LiveBarchasi