Sindzo Abe iste’foga chiqdi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK jamoat telekanali hukmron Yaponiya Liberal-demokratik partiyasidagi (LDP) manbasiga asoslanib xabar bermoqda. 

65 yashar Abe avgust oyining boshidan beri bir qator muolajalarni boshdan kechirgan. Uning iste’fosiga oshqozon yarasi sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

OAVning ta’kidlashicha, Abening so‘nggi brifingi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. 

Yaponiya ommaviy axborot vositalarining iyul oyidagi xabarlarida Hukumat rahbarining sog‘lig‘i yomonlashayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. 

Abe 2000 yillarning boshidan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbariyatining a’zosi sifatida maydonga chiqdi. 2006 yil sentyabrdan 2007 yil sentyabrgacha partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatidan so‘ng Hukumatni boshqargan va 52 yoshida Yaponiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir bo‘lgan. Biroq, Vazirlar Mahkamasi obro‘sining tez pasayishi fonida Abe tayinlanganidan bir yil o‘tib, 2007 yilda iste’foga chiqqan. O‘shanda ham uning iste’fosi salomatligi yomonlashishi bilan bog‘langan.  

2012 yilda Abe Liberal-demokratik partiyaning etakchisiga aylandi va yana saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Uning sakkiz yillik Bosh vazirligi Yaponiya uchun rekord darajadagi davrdir.

Abening iste’foga chiqishi nafaqat sog‘liq muammolari bilan, balki uning Hukumati reytingi keskin pasayishi bilan ham bog‘lanmoqda. Joriy yilning 23 avgust kuni “Kyodo” axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, uning Hukumatini ma’qullash darajasi 36% gacha tushgan. Bu Abening ikkinchi muddatda Hukumat boshqaruvini egallaganidan bayon eng past ko‘rsatkich.Respondentlarning 58,4%i Hukumatning pandemiya bilan bog‘liq harakatlaridan norozi ekanini bildirgan. 70,8% Abe epidemiyani oldini olish choralarini muhokama qilish uchun muxolifat partiyalari talabiga binoan parlamentning favqulodda sessiyasini imkon qadar tezroq chaqirishi kerak deb hisoblagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Sindzo Abe

Baholaganlar

192

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing