Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi uchun sovrin jamg‘armasi e’lon qilindi
Sport
−
09:49 1148 1 daqiqa
Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi uchun umumiy sovrin jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa joriy yilning 22 noyabrdan 13 dekabrga qadar Shveysariyaning Jeneva shahridagi Martin Bodmer jamg‘armasi muzeyida bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa, jahon chempionligi uchun bahslar 2004 yildan buyon ilk bor Shveysariyada tashkil etiladi.
Bahs joriy yilning 22 noyabr kuni ochilish marosimi bilan boshlanadi. Birinchi klassik partiya 24 noyabr kuni o‘tkaziladi, 14-va so‘nggi partiya esa 11 dekabrga belgilangan. Agar g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bahs talab etilsa, tay-breyklar 12 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Gukesh Dommaraju va Javohir Sindorov bahs boshlanishida 20 yoshda bo‘ladi. Bu jahon chempionligi tarixidagi eng yosh juftlik bo‘ladi.
Shuningdek, Javohir Sindorov O‘zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun bahsda ishtirok etadigan ilk shaxmatchiga aylanadi.
Bahs maksimum 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. 7,5 ochko to‘plagan birinchi shaxmatchi jahon chempioniga aylanadi. Hisob teng kelgan taqdirda, g‘olib tay-breyklar orqali aniqlanadi. Jahon chempionligi bahsining umumiy sovrin jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Live
Barchasi