Sim-kartalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bojxonachilari qonun buzilishi holatlariga qarshi kurashishda davom etmoqda. Afsuski, turli noqonuniy yo‘llar bilan mamlakat hududiga tovar olib kirish va chiqarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar oramizda hamon uchrab turibdi.

Xususan, kecha, 27 sentyabr kuni “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro F.I bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 18,9 million so‘mlik, 6ming 300 dona sim kartalarni mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Bojxona sim karta

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing