Sietlda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Jamiyat

image

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Uning bildirishicha, bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam.

Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing