Sidneyda erkak savdo markazidagi odamlarga pichoq bilan hujum qildi (video)
Olam
−
13 aprel
9747Bugun, 13 aprel kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi Westfield Bondi Junction savdo markazida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Sydney Morning Herald” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida olti kishi, shu jumladan hujumchining o‘zi ham halok bo‘lgan. Odamlar evakuatsiya qilingan.
Ba’zi tashrif buyuruvchilar hujumning birinchi daqiqalardanoq o‘zlarini do‘konlar va kommunal xonalarga qulflab qo‘yishgan. Bolalari bilan savdo markazida bo‘lgan xaridorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u ikkita o‘q ovozini eshitgan, shundan so‘ng hamma yugurib ketgan.
Shtat tez yordam xizmatining ma’lum qilishicha, kamida yetti kishi pichoq jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida to‘qqiz oylik bola ham bor.
Politsiya hujumchining yolg‘iz harakat qilganini tekshirayotganini bildirdi.
LiveBarchasi