Si Szinpinning Putin bilan Samarqandda o‘tkazadigan uchrashuvi G‘arbga signal bo‘ladi – OAV
Olam
−
11 Sentabr 2022
16707Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi ramziy ma’noga ega va G‘arbga Pekin Moskvani qo‘llab-quvvatlayotganidan darak beradi. Bu haqda Germaniyaning “Handelsblatt” gazetasi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazadi va hamkorlik istiqbollarini belgilab beradi – bu iqtisodiy va harbiy hamkorlik va Rossiya va Xitoy G‘arbga qanday qilib birgalikda qarshilik ko‘rsatishi haqida bo‘lishi kerak.
“Siyosiy kuzatuvchilarga ko‘ra, uchrashuv katta ramziy ahamiyatga ega. Si Szinpin ikki yildan ortiq vaqt davomida Xitoyni tark etmadi. Uning xorijga ilk safari endi Putin bilan [uchrashuv]ga qaratilgani Rossiya oldidagi aniq majburiyat sifatida ko‘rilmoqda”, deb yozmoqda nashr.
Bundan tashqari, maqolada qayd etilganidek, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga yaqinda amalga oshirgan tashrifi Xitoy va AQSH o‘rtasidagi keskinlikni sezilarli darajada oshirdi. Siyosiy kuzatuvchilarga ko‘ra, “bu ham Pekin uchun Rossiya bilan ittifoq tuzish orqali G‘arb bilan raqobatni kuchaytirishga turtki bo‘lishi kerak”.
8 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay Hamkorlik Tashkilotining bo‘lajak sammiti doirasida Xitoy rahbari Si Szinpin va boshqa xorijiy davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi. Endilikda, uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Si Szinpin bilan 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida rejalashtirilgan muzokaralariga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu uchrashuv, Ushakov ta’kidlaganidek, aniq sabablarga ko‘ra juda muhim xususiyatga ega bo‘ladi. Umuman olganda, sammit doirasida Putin bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, deya qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
LiveBarchasi