Si Szinpin urush boshlanganidan beri ilk bor Zelenskiyga “sim qoqdi”

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbatini amalga oshirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi

Qayd etilishicha, bu xabarni Ukraina Prezidentining o‘zi ham tasdiqlagan. 

“Men XXR Raisi bilan telefon orqali uzoq va mazmunli suhbatlashdim. O‘ylaymanki, bu muloqot, shuningdek, Ukrainaning Xitoydagi elchisini tayinlash bizning ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirishga kuchli turtki beradi”, deb yozadi Zelenskiy o‘zining Twitter'dagi sahifasida. 

Si Szinpin esa Pekin xalqaro vaziyatdan qat’iy nazar Kiyev bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Si Szinpin Rossiyaga borgan va Vladimir Putin bilan uchrashgandi. Uchrashuvda Ukraina masalasi ham muhokama qilingan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi “Ukraina inqirozining yechimi bo‘yicha” 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini ham ma’lum qilgandi. Zelenskiy esa buni Xitoyning tinchlik rejasi emas, balki Pekinning fikrlari deb baholagan. Aprel oyi boshida XXR Raisi Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishini va u bilan mamlakatdagi vaziyatni muhokama qilishini ham ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing