Si Szinpin Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdi 

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rossiyadagi mojaroni hal qilish masalasini muhokama qilish vaqti kelganida unga qo‘ng‘iroq qilmoqchi. Bu haqda hozir Xitoyda bo‘lgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

“Prezident Si Szinpin Zelenskiy bilan sharoit va vaqt to‘g‘ri kelganda gaplashishga tayyorligini tasdiqlaganini eshitish qiziq edi. Menimcha, bu ijobiy signal”, degan fon der Lyayen Pekinda Xitoy rahbari bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Si Szinpinning Zelenskiy bilan gaplashishni rejalashtirganini fransuz diplomatik manbasi ham tasdiqlagan. Ismi oshkor etilmagan fransuz diplomatiga ko‘ra, Xitoy rahbari bu haqda Prezident Makronga Xitoydagi muzokaralar chog‘ida aytgan. Makron esa Si Szinpinni Rossiyaga Ukrainaga qarshi urush uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan hech narsa bermaslikka chaqirgan.
Shuningdek, Si Szinpin Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga nisbatan neytral pozitsiyaga amal qilishini hamda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni Zelenskiy Si Szinpinni Ukrainaga taklif qilgandi. Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy rahbari bilan bir yildan ortiq muloqot qilmagan. Mart oyi boshida “The Wall Street Journal” nashri ham Xitoy rahbari Zelenskiyga Rossiyaga tashrifidan keyin qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirgani haqida yozgandi. Si Szinpin 22 mart kuni Moskvadan jo‘nab ketgan, biroq o‘shandan beri Kiyev suhbat bo‘lib o‘tishi haqida rasmiy tasdiq ololmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing