“Biz Xitoyga hasad qilamiz“ – Putin Szinpinga “ko‘nglini ochdi”

Olam

image

Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpinning norasmiy uchrashuvi boshlandi. 

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari Kremlning birinchi binosidagi vakolatxonasida bir-birlarini qarshilagan. Rossiya Prezidenti va XXR raisi o‘rtasidagi muzokaralar yakkama-yakka formatda bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng ular kechki ovqat paytida muloqotni davom ettiradi.

Rossiya rahbari Si Szinpinni Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimiga qayta saylangani bilan shaxsan tabriklashdan xursand ekanligini bildirgan.

Vladimir Putinning aytishicha, Xitoy iqtisodiyoti boshqa ko‘plab mamlakatlarga qaraganda ancha kuchliroq. U Xitoy so‘nggi yillarda o‘z taraqqiyotida ulkan sakrashga erishganini yuqori baholagan.

“Sizga ozgina hasad ham qilamiz”, degan Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlarni e’lon qildi. Jumladan, tovar ayirboshlash ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 185 milliard dollarni tashkil etadi.

Si Szinpin esa Kremldagi uchrashuvda Putinni “qadrdon do‘st” deb atadi.

“Keyingi yili Rossiyada saylovlar bo‘lib o‘tadi, ishonamanki, rus xalqi sizni qo‘llab-quvvatlaydi, sizning kuchli rahbariyatingiz tufayli mamlakat yuksak cho‘qqilarni zabt etdi”, deydi Xitoy rahbari.

Xitoy rahbarining safari uch kun – 20-22 mart kunlari davom etishi rejalashtirilgan. Tashrif natijasida tomonlar muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolashadi.

Eslatib o‘tamiz, XXR raisi Si Szinpin boshchiligidagi delegatsiyadan iborat samolyot Moskva shahridagi “Vnukovo” ayeroportida qo‘ngan edi. Szinpinni kutib olish uchun Putinning shaxsan o‘zi chiqmadi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Si Tszin'pin norasmiy uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing