Si Szinpin Putinning taklifini rad etdi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga tashrif buyurishdan bosh tortdi. Bunga koronavirus cheklovlari sabab bo‘ldi. Bu haqda Yaponiyaning “Yomiuri” gazetasi o‘zining diplomatik manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 15 iyun kuni Si Szinpin bilan telefon suhbati chog‘ida Putin uni Rossiyaga taklif qilgan, biroq Xitoy rahbari yaqin orada Rossiyaga kelish “qiyin” bo‘lishini aytgan va rad etgan.

Rossiya va Xitoy rahbarlari joriy yilning 4 fevral kuni Pekinda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi arafasida uchrashgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaga “diplomatik marosimlar” doirasida tashrif buyurish navbati Xitoy yatakchisiga kelgan.

Si Szinpin kommunistik partiya qurultoyida nafaqat ichki muhitni, balki tashqi muhitni ham barqarorlashtirishga harakat qilayotganini bildirdi. Shuningdek, u iqtisodiy sanksiyalar tufayli Rossiyaga bosimni oshirayotgan AQSH va Yevropa bilan ziddiyatni chuqurlashtirmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Xitoy hozircha Rossiya va Ukraina urushida betaraf pozitsiyani egallab turibdi. Si Szinpin 15 iyun kuni Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilib, Xitoy “dunyo tinchligi tarafdori” ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni Madridda NATO davlatlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda alyansning 2030 yilgacha bo‘lgan konsepsiyasi qabul qilindi. Hujjatda Rossiya NATO xavfsizligiga "eng asosiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri" tahdid deb aytildi. Bundan tashqari, blok Xitoyga qarshi turish, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va postsovet hududida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash niyatida ekani aytildi.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing