Si Szinpin, Putin va qator Prezidentlar Rahmonni g‘alaba bilan tabrikladi

Olam

image

Xitoy Prezidenti Si Szinpin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yubordi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi. 

"Men Xitoy-Tojikiston munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman. Siz bilan birgalikda Xitoy va Tojikiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimizga foyda keltirishga tayyor ekanimni bildiraman", degan telegrammada Si Szinpin.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgani va tabriklagani haqida ma’lumot bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda prezidentlik saylovlari 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Imomali Rahmon 90,92 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Qolgan to‘rt nomzod birgalikda 8 foizdan kam ovoz olgan. Ishtirokchilar 85,39 foizni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, yakuniy natijalar 10 kun ichida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov prezident tojikiston

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing