Si Szinpin Pekinda Shols bilan uchrashdi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Jurnalistlarga ko‘ra, uchrashuv bugun, 16 aprel kuni ertalab Pekindagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida bo‘lib o‘tgan.

Germaniya kansleri Xitoyga 14 aprel kuni yetib bordi. Bu tashrif Sholsning Germaniya hukumati rahbari sifatidagi ikkinchi va G‘arb yetakchisining 2024 yilda Xitoyga qilgan birinchi tashrifi bo‘ldi. Sholsga atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va transport uchun mas’ul uch nafar vazir hamrohlik qilmoqda. Delegatsiya tarkibida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari, xususan, Siemens, BMW, Mercedes-Benz kompaniyalari vakillari ham bor.

Shols oldinroq Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvida undan Ukrainadagi mojaro sharoitida Rossiyaga harbiy yordam bermaslikni so‘rashini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro "faqat Yevropa muammosi emas".


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Xitoy Si Tszin'pin Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing