Si Szinpin nihoyat Ukrainadagi urushdan gap ochdi
Olam
−
21 mart 2023
25498Hozirda davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘lib turgan Xitoy Raisi Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuvda Xitoy Ukraina inqiroziga siyosiy yechim topishda konstruktiv rol o‘ynashda davom etishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina masalasida tinchlik va aql ovozi ustunlik qiladi. Xitoy rahbari aksariyat davlatlar olovga moy quyishga qarshi ekanini aytgan. Shuningdek, Si Szinpin tarixan qarama-qarshiliklar hamisha muloqot yo‘li bilan hal etilgani, qiyinchilik va murosasizliklar qancha ko‘p bo‘lsa, tinchlik uchun bo‘sh joy qoldirish shunchalik muhim ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 24 fevral kuni Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish rejasini e’lon qilgandi. Hujjat 12 banddan iborat bo‘lib, uning asosiy bandlari tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va harbiy harakatlarni Rossiya foydasiga to‘xtatish haqida edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oq uy Xitoy Raisi Si Szinpinni Moskvaga qilgan tashrifidan foydalanib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukraina suverenitetini hurmat qilishni va Ukrainaga qarshi urushni tugatishni aytishga chaqirgandi.
LiveBarchasi