Si Szinpin Qozonga bordi (video)
Olam
−
22 Oktabr
6858Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bugun, 22 oktyabr kuni BRICS sammitida ishtirok etish uchun Tatariston poytaxti Qozon shahriga yetib bordi. Bu haqda Tatariston Respublikasi rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
An’anaga ko‘ra, Szinpinni Tatariston Raisi Rustam Minnixonov va Qozon shahri meri Ilsur Metshin hamda boshqa rasmiylar kutib olgan.
Xitoy BRICS'ning asosiy a’zolaridan biridir. Mamlakat dunyoda eng yirik tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi hamda yetakchi eksportchi hisoblanadi. Xitoy rasmiylari BRICS'ning kengayishini bir necha bor ochiq qo‘llab-quvvatlagan. 2022 yilda Xitoy sammitga raislik qilgan.
Ma’lumot uchun, BRICS – bu Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasini o‘z ichiga olgan norasmiy davlatlar guruhi. 2024 yil yanvar oyidan Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklari BRICSʼga qo‘shildi.
Sentyabr oyida NATO a’zosi Turkiya BRICSʼga a’zo bo‘lish uchun ariza bergani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida qatnashmasligi, biroq delegatsiya yuborishini aytdi. Braziliya Prezidenti ham Rossiyaga bormaydi, u ham parvozini bekor qilgan. Braziliyadagi Sirio Libanes shifoxonasi tomonidan e’lon qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, siyosatchiga uzoq masofalarga havo qatnovidan qochish tavsiya etilgan. Tibbiy xulosada aytilishicha, Prezident boshining “oksipital qismi” jarohat olgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, u uyida tasodifan jarohatlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr