Si Szinpin Qozog‘istonga keldi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida uni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi. Xitoy rahbari joriy yilning 3 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 24-yig‘ilishida ham ishtirok etadi. Sammit ishtirokchilari iqtisodiy va energetika masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda. Tashrif dasturidan oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va muhim hujjatlarni imzolash ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, bu Xitoy rahbarining Qozog‘istonga beshinchi tashrifidir. Si Szinpin 4 iyulga qadar Qozog‘istonda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin 4-6 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lishi xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Si Tszin'pin To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing