Si Szinpin ham Moskvadagi paradda qatnashadi

Olam

image

Xitoy Raisi Si Szinpin 2025 yil 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan SSSRning fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etish taklifini qabul qildi. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov xabar berdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Si Szinpin Moskvaga kelish taklifini qabul qilgan, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun Xitoyga taklif qilgan.

Xitoy tomoni hozircha Si Szinpinning Moskvaga tashrifi haqidagi ma’lumotga izoh bermagan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradda ko‘plab davlat rahbarlari taklif etilganini aytgan. Jumladan, Moskvaga Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Falastin milliy ma’muriyati Prezidenti Mahmud Abbos, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva kelmoqchi.

Ma’lumot uchun, Xitoy Raisi Si Szinpin so‘nggi bor Moskvaga 2023 yil mart oyida kelgan. O‘shanda u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan. Putin 2024 yilgi paradga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini taklif qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni Moskvada paradda Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishi xabar qilingandi.

Moskvada 9 may kuniga bag‘ishlangan harbiy parad boshlandi (video) north_east

Moskvada 9 may kuniga bag‘ishlangan harbiy parad boshlandi (video)


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing