SI xatosi AQSH – Xitoy urushiga sabab bo‘lishiga bir baxya qoldi – CNN
Olam
−
09:02 3870 2 daqiqa
Amerikalik harbiylar shu bahorda Fors ko‘rfazida sun’iy intellektning xatosi oqibatida paydo bo‘lgan razvedka hisobotiga ishonib, Xitoy kemasiga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor to‘rtta manbaga tayanib, CNN xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot AQSH va Eron o‘rtasidagi urush avj olgan bir paytda paydo bo‘lgan hamda Xitoy kemasi Yaqin Sharqqa harbiy yadro dasturi uchun komponentlar tashiyotganini da’vo qilgan. Harbiy qo‘mondonlik kemani tutib qolish bo‘yicha operatsiya tayyorlashni boshlagan: ikki manbaning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan harbiy xizmatchilar kema bortiga chiqishga tayyorlangan, havoga esa samolyotlar ko‘tarilgan.
Hisobot faqat operatsiya boshlanishidan bevosita oldin tekshirilgan va uni maxsus qo‘mondonlik tahlilchisi bortda qanday yuk borligini noto‘g‘ri aniqlagan chat-bot yordamida tuzgani ma’lum bo‘lgan. Bot aynan nimani yadroviy materiallar deb qabul qilganini CNN aniqlay olmagan. Manbalardan biri hisobot butunlay yolg‘on bo‘lganini, ammo deyarli urushga olib kelishiga bir bahya qolganini aytgan, chunki Xitoy kemasiga qarshi har qanday operatsiya AQSH va Xitoy o‘rtasida qurolli nizoga aylanib ketish xavfini tug‘dirgan.
Qayd etilishicha, Pentagon va razvedka sun’iy intellektni deyarli barcha jarayonlarga – ulkan hajmdagi razvedka ma’lumotlarini tahlil qilish va zarbalar uchun nishonlarni tanlashdan tortib, byudjet va logistikani boshqarishgacha tatbiq etishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, CNN yozishicha, bunday ma’lumotlarni tekshirishning yagona standarti mavjud emas: turli idoralar turli vositalarni turli qoidalar bo‘yicha qo‘llaydi. Harbiy va razvedka tahlilchilari foydalanadigan tizimlardan xabardor bo‘lgan sobiq yuqori martabali mulozim shunday deydi:
“Ichki vositalar – bu asosan o‘sha tijorat mahsulotlarining biroz “pardozlangan” shakli, xolos”.
Live
Barchasi