“Andijon” yangi stadionda yangi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
4515O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Yuqori dvizion debyutanti “Andijon” bugun yangidan ochilgan stadionga tashrif buyurgan salkam 17 mingga yaqin muxlislar ko‘z o‘ngida Qarshining “Nasaf” jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi.
E’tiborlisi, bu g‘alaba vodiy jamoasining Superligadagi ilk muvofaqqiyati hisoblanadi. “Burgutlar” hozir 5 ochko to‘plagan holda jadvalning 9-o‘riniga chiqib oldi.
“Andijon” – “Nasaf” 3:1 (2:1, 1:0).
Andijon. "Sog‘lom Avlod" stadioni. 16856 tomoshabin
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gollar: 1:0 – Shahzod Ubaydullayev 1, 1:1 – Humoyun Murtozayev 18, 2:1 – Ro‘zimboy Ahmedov 40, 3:1 – Ro‘zimboy Ahmedov 57 penalti.
“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobirjon Amanov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmuratov (Asror G‘ofurov, 60), Shahzod Ubaydullayev (Farhod Mirahmatov, 46), Abdulloh Olimov, Dilshod Rahmatullayev, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 79), Abror Xusinov, Bobirjon Akbarov.
“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev (Husniddin Aliqulov, 63), Dilshod Saitov (Oybek Bozorov, 52), Humoyun Murtozayev, Sharof Muhitdiov, Doniyor Narzullayev, Bobur Davlatov, Sardor Abduraimov (Islom Rashidxonov, 77), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Aziz G‘aniyev 43, Umidjon Ergashev 54, Vitaliy Mirniy 88, Asror G‘ofurov 90+3.
LiveBarchasi