Shveysariyada dunyodagi eng baland 3D minora qurilyapti (fotoreportaj)

Bu qiziq

1200x675_cmsv2_cdc9b6c9-fa78-595a-b107-3a0e55d526f1-8235796

Shveysariyaning tog‘li Myulens qishlog‘ida 3D texnologiyasi asosida dunyodagi eng baland minora qurilmoqda. Bu haqda "Euronews" nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, balandligi 30 metr bo‘lgan bino “Tor Alva” deb ataladi va u bitkazilganidan so‘ng, dunyodagi eng baland 3D printerda chop etilgan inshootga aylanadi.

Myulensning futuristik oq minorasi tashqi ko‘rinishi jihatidan ilmiy-fantastik filmlarni eslatadi. Bunday dizayn Shveysariyaning iqlimidan kelib chiqib, ishlangan.

Mamlakat Alp tog‘larining qorli cho‘qqilari bilan o‘ralgan. Shu bois bu inshoot sovuq qish va kuchli shamollarga bardosh bera oluvchi fil suyagidan yasalgan daraxtni eslatadi.

Bino madaniy maskan sifatida joriy, 2024 yilning iyun oyidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Unda konsert zali, badiiy monument va yodgorliklar bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Ushbu ajoyib bino loyihasi uch yil avval Shimoliy va Janubiy Yevropa o‘rtasidagi muhim tranzit nuqtada joylashgan qishloqlarni jonlantirish tashabbusi sifatida boshlangan. Gap shundaki, minora o‘rnatilayotgan Myulens qishlog‘i aholisi 19 asrdan beri keskin kamaydi. Bugungi kunda u yerda atigi 16 kishi yashaydi va ko‘plab binolar tashlandiq va bo‘m-bo‘sh holda qolmoqda. Nova Fundaziun Origen jamg‘armasi “Tor Alva” kabi me’moriy mo‘’jiza hududning tiklanishi, odamlarnining bu yerga tashrif buyurishi, spektakl tomosha qilishi va hatto bir necha kechani qishloqda o‘tkazishiga  umid qilmoqda.

Loyiha ustida o‘nlab muhandislar va tadqiqotchilar bir necha yil ishladi. Quruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, binoda 32 ta prefabrik ustunlar bo‘ladi. Ularni osongina 3D printerda chop etish va joyida yig‘ish mumkin. Qizig‘i shundaki, bu ustunlar armaturadan yasaladi. Bildirilishicha, shu vaqtga qadar bunday printerdan faqatgina beton quyish uchun foydalanilardi. Endi esa betonga armatura qo‘shish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi. Bu esa inshootni juda baland bo‘lishi imkonini beradi.

Minoraning yuqori qavatidagi teatr maydoni 45 kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu yerda yuqoridan atrofdagi tog‘larni kuzatish mumkin. Minora ustunlari esa tashrif buyuruvchilarni qishning sovuq havosidan himoya qilish uchun membrana bilan o‘raladi.

Fevral oyidayoq binoning pastki qavatini tashkil etuvchi dastlabki sakkizta ustunni bosib chiqarishga start berilgan. Barcha elementlarni 3D printerda chop etish uchun 900 soat vaqt ketishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya 3D minora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing