Shveysariyada deputatlar falastinlik bolalar o‘limi haqida tahdidli xat oldi

Olam

image

Shveysariya parlamentining qariyb yuz nafar deputati ushbu hafta davomida G‘azodagi bolalar o‘limi bilan bog‘liq tahdidli maktublar oldi. Ayrim maktublarga o‘ziga xos hidga ega qora kukunli paketlar ham qo‘shilgan. Bu haqda “Blick” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, maktublarda Shveysariya qonunchilari Falastin anklavidagi genotsidda ishtirok etishda ayblangan. Xat matnida ular olgan qora kukunning hidi “G‘azoning hamma joyida mavjud” ekani ta’kidlangan. Politsiya nashrga bergan bayonotda ushbu modda sog‘liq uchun xavf tug‘dirmasligini bildirgan. Maktublarga halok bo‘lgan va yaralangan falastinlik bolalarning suratlari, shuningdek, kuyish jarohatlari bilan to‘la tanaga ega falastinlik bolani aks ettirgan videoga havola (QR-kod) ilova qilingan. Xatda deputatlar do‘q-po‘pisa bilan falastinlik bolalarning ochlikdan ommaviy o‘lishini to‘xtatishga chaqirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan Bern kantoni politsiyasi tergov boshlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 dekabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektorida ochlik keng tarqalganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi to‘rt oyda o‘tkir tanqislik sababli 19 mingga yaqin bola shifoxonaga yotqizilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning birinchi yarmiga qaraganda deyarli ikki barobar ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham G‘azoning shimoliy hududidagi Bayt-Laxiyadagi Indoneziya shifoxonasida yotgan o‘nlab yarador bemorlarga oziq-ovqat va suv yetishmasligi sababli o‘lim tahdid solayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing