Shveysariyada Avstriyadagi terakt bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Olam

image

Shveysariyada Avstriya poytaxtida Venadagi terrorchilik hujumiga aloqador ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Syurix kantonidagi Vinterturda ikki nafar 18 va 24 yoshdagi shveysariyalik ushlangan.

“Seshanba kuni Avstriya hukumati vakillari bilan hamkorlikda Ikki erkak Vinterturda qo‘lga olindi”, deyilgan politsiya ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni kechasi Venaning bir nechta tumanida otishma yuz berdi. Hokimiyat vakillari hujumni terakt deb baholadi. Otishma uyushtirganlardan biri o‘ldirildi.

Terrorchilik hujumidan keyin Vena politsiyasi 18 ta tintuv o‘tkazdi va 14 kishini hibsga oldi.

Gumonlanuvchilardan biri Avstriyaning Lins shahrida qo‘lga olingan.

Teraktdan keyin ISHID terrorchilik guruhi hujumga aloqadorligini ma’lum qildi. Otishmalar natijasida hozirgacha 4 kishi vafot etdi, 22 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Avstriya

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing